Sinoptiklar o‘zbekistonliklarni mamlakatning ayrim hududlarida havo keskin sovib ketishi va yomg‘ir yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar bermoqda.
2025 yilning 1-2-oktyabr kunlari O‘zbekiston hududiga salqin va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Bundan tashqari, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati kunduzi 18-21 darajagacha, kechasi 8-13 darajagacha, shimolda kunduzi 13-16 darajagacha, kechasi 4-7 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.