27-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida poyezd vagonlari relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.
Hodisa soat 21:30 da Olmazor bekati (“Rasulobod” mahallasi) hududida Jizzax—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk poyezdining ikki vagoni relsdan chiqib ketgan. Vagonlar sut yog‘i bilan to‘ldirilgan edi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Voqea joyiga tuman FVB rahbariyati, tuman bojxona xizmati navbatchilik qismi va boshqa mutaxassislar yetib borgan. Tekshiruv o‘tkazilmoqda. Uchastkada poyezdlar harakati to‘liq tiklandi.