Sentabr oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat 26-29o, ba’zi joylarda 31o gacha bo‘lgan quruq va iliq ob-havo hukmronligi saqlanib turadi. Faqat respublika shimolida harorat 17-22o gacha pasayadi.

1-2-oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga Qozog‘iston hududlaridan salqin va nam havo kirib keladi.

1-oktyabrda Qoraqalpog‘istonda, Navoiy, Toshkent viloyatlarining shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 2 oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. 3 oktyabrda Farg‘ona vodiysining faqat ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

1-2-oktyabrda harorat foni 8-10o ga pasayadi. Tungi va ertalabki soatlarda termometr ustuni 8-13o gacha pasayadi, kunduzi esa havo harorati 18-23o dan oshmaydi. Respublika shimolida harorat kechalari 4-9o iliqqacha, kunduz kunlari 15-18o iliqqacha pasayadi.

3-oktyabrda respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 2-3o ga ko‘tariladi.

Respublika janubida iliq ob-havo 1-oktyabrgacha saqlanib turadi, haroratning 20-25o gacha pasayishi esa 2-3-oktyabr kunlari kuzatiladi.

O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida: 28-30-sentyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-oktyabr, 2-oktyabr kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 3-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29-30-sentyabrda kechasi 15-17o, kunduzi 26-29o bo‘ladi.

1-2-oktyabrda harorat kechasi 8-11o, kunduzi 18-21o gacha pasayadi. 3-oktyabrda kechasi 8-11o, kunduzi 22-24o bo‘ladi.