OpenAI kompaniyasi ChatGPT chatboti uchun ota-ona nazoratini ishga tushirdi. Bu haqda Reuters nashri yozmoqda.

Yangi funksiya yordamida o‘smirlar va ularning ota-onalari hisoblarini bog‘lash mumkin. Tomonlardan birini ulash uchun tegishli so‘rov yuborish kerak. Agar ikkinchi tomon so‘rovni qabul qilsa, ota-ona nazorati faollashtiriladi.

Ota-onalar o‘smirlarning kontentning bir qismiga kirishini va rasmlarni yaratish yoki tahrirlash imkoniyatlarini cheklashlari, sukunat rejimini o‘rnatishlari, ChatGPT o‘tmishdagi suhbatlarni eslab qolishini nazorat qilishi va bu suhbatlardan OpenAI modellarini o‘qitish uchun foydalanish mumkinligini hal qilishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, ota-onalar farzandlarining chatlari shifrini ochish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar.

Agar neyron tarmoq o‘smirning inqirozga uchraganiga shubha qilsa, OpenAI xodimlari ota-onalarga bu haqda favqulodda bildirishnoma yuboradi.