Hindistonda o‘tayotgan suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida sportchilarimiz dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Erkaklar o‘rtasida 1500 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha final bahsida Ilya Sibirsev 15:23.35 natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Uch metrlik tramplindan sinxron sakrash bahslarida Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.