30-sentyabr kuni O‘zbekiston fuqarolari bayram munosabati bilan uylariga bir soat oldin ketishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi eslatmoqda.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, bayram va ishlanmaydigan kunlar arafasida ish vaqti davomiyligi kamida bir soatga qisqartiriladi. 1-oktyabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlanadi.

Qayd etilishicha, ish davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmaganda (masalan, uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ishlarning ayrim turlarida) xodimga qayta ishlaganlik uchun qo‘shimcha dam olish vaqti beriladi yoki ushbu vaqt uchun ikki baravar miqdorda haq to‘lanadi.