O‘zgidrometning oylik prognoziga ko‘ra, 2025-yilda oktyabr oyi ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi bilan boshlanadi.

1-2-oktyabr kunlari O‘zbekistonga mavsumning birinchi chinakam kuzgi sovuq hujumi keladi.

Respublika shimolida, markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.Havo harorati kunduzi 18-21o iliqqacha, kechasi 8-13o iliqqacha, respublika shimolida kunduzi 13-16o iliqqacha, kechasi 4-5o iliqqacha pasayadi.

3-oktyabrda faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. 4-10 oktyabrda respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda (faqat davr oxirida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin). Havo harorati 5-7o ga ko‘tariladi. Kunduz kunlari havo 23-26 darajagacha isiydi.

Oktyabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ba’zi kunlarda (2-3 kun) vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 10-15o iliqdan 5-10o iliqqacha (mamlakat shimolida 2o sovuqqacha), kunduzi 23-28o iliqdan 15-20o iliqqacha o‘zgarib turadi.