Prezident yunon-rum kurashchisi Aytjan Xolmaxanovga uy sovg‘a qildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sportchi so‘nggi 24 yil ichida ushbu sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik birinchi jahon chempioni bo‘ldi. Uch xonali xonadon Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida joylashgan.

Uning kalitini viloyat hokimi Zoir Mirzayevning o‘zi tantanali ravishda topshirdi. Mamlakat terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yosh sportchi o‘zining yuksak matonati va intilishi bilan xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak marralarga intilib, yoshlarga katta o‘rnak va namuna bo‘lib kelmoqda. Bunday yutuqlarga erishayotgan bolalar davlatimiz tomonidan munosib rag‘batlantirilmoqda, — dedi viloyat hokimi.