30-sentyabr kuni Toshkentning Bektemir tumanidagi ayrim joylarda gaz o‘chiriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gaz ta’minoti uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.
Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- “Oltintopgan” mahallasi.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.