2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda skuter va mopedlar ishtirokida 300 dan ortiq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
Yanvar-avgust oylarida sodir bo‘lgan bunday yo‘l-transport hodisalari oqibatida 53 kishi halok bo‘ldi, yana 259 kishi turli tan jarohatlari oldi. Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, bunday statistika moped va skuter haydovchilari uchun yo‘l harakati qoidalarini bilish va transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish zarurligini yaqqol ko‘rsatadi.
Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik ko‘plab odamlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi, — dedi Zoir Yo‘ldoshev.