Novosibirskda o‘smirlar osiyolik yigitchani kaltaklab, tiz cho‘kishga va “kelib chiqishi uchun” kechirim so‘rashga majbur qilishdi. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi holatga munosabat bildirdi.
Novosibirsk viloyati politsiyasi tekshiruv boshladi va hujum ishtirokchilarini aniqlamoqda. Jabrlanuvchining millati va fuqaroligi ham aniqlashtirilmoqda. Diplomatik vakolatxona huquqni muhofaza qilish organlariga holat va o‘smirning shaxsi haqida to‘liq ma’lumot berishni so‘rab so‘rov yubordi.
Konsullik vaziyat alohida nazoratga olinganini ta’kidlab, OAVni rasmiy ma’lumotlar paydo bo‘lmaguncha tekshirilmagan ma’lumotlarni e’lon qilmaslikka chaqirdi.