Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bolalar va ayollarga qarshi jinoyatlar uchun o‘lim jazosini joriy etishni taklif qildi. Bu haqda 24.kg respublika rahbari matbuot kotibi Asqat Alagozovga tayanib yozmoqda.
Sadir Japarov 17 yoshli qizning zo‘rlangani va o‘ldirilgani haqidagi xabarni chuqur afsus bilan qabul qildi. Alagozovning aytishicha, davlat rahbari prezident ma’muriyati huquqiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Murat Ukushevga qonunchilikka bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar tayyorlashni topshirgan.
Prezident Sadir Japarov, ayniqsa, bolalar va ayollarga qarshi jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerak, — deb hisoblaydi.