10-sentyabrdan buyon Toshkentda atmosferaga ruxsat etilgan me’yordan ortiq tashlamalar chiqargan 300 dan ortiq avtomobil aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichida YPX maskanlari, ko‘chalar, avtokorxonalarning kirish-chiqish joylarida 26 ming 900 ta avtotransport vositasi tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida Toshkent shahrida atmosferaga ruxsat etilgan me’yordan ortiq tashlamalar chiqargan 367 ta transport vositasi aniqlandi.
Chiqindi gazlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining belgilangan me’yorlarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq tegishli choralar ko‘riladi, — deyiladi xabarda.
Poytaxtda “Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi 10-oktyabrga qadar davom etadi.