Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Kuvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoamiz oktyabr oyida Kuvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv 9-oktyabr kuni soat 18:00 da Toshkentdagi “Olimpik” stadionida bo‘lib o‘tadi.

20-28-oktyabr kunlari O‘zbekiston terma jamoasi JCHga tayyorgarlik doirasida Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. O‘yin Argentina hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.