Telegram asoschisi Pavel Durov Qozog‘istonda sun’iy intellekt laboratoriyasi ishga tushirilishini e’lon qildi. Bu haqda Nur.kz yozmoqda.

Pavel Durov tomonlar blokcheyn va neyrotarmoqlarni birlashtiradigan yangi texnologiya ustida ishlashlarini ta’kidladi.

Ushbu texnologiya 1 milliarddan ortiq odamga markazlashtirilmagan kompyuter tizimi tomonidan xususiy tartibda ishlab chiqariladigan sun’iy intellekt funksiyalaridan foydalanish imkonini beradi, — dedi u.