Toshkentning Sergeli tumanidagi ko‘chalardan biri to‘sib qo‘yildi, bu esa ayrim avtobuslar yo‘nalishini ham o‘zgartirdi.

Diametri 325 mm va umumiy uzunligi 1000 metr bo‘lgan issiqlik tarmoqlari almashtirilishi munosabati bilan 2-15 oktyabr kunlari Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasi vaqtincha yopiladi. Shu munosabat bilan quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartiriladi:

  • 61-yo‘nalish — Banokatiy, Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari bo‘ylab;
  • 106-yo‘nalish — Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari bo‘ylab;
  • 40-yo‘nalish — Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, Banokatiy ko‘chalari bo‘ylab HET zavodi bekatigacha;
  • 66-yo‘nalish — Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, Banokatiy ko‘chalari bo‘ylab HET zavodi bekatigacha;
  • 52-yo‘nalish — Lokomotiv ko‘chasi va Toshkent vokzali bekatlari oralig‘ida.

Ta’mirlash ishlari davrida transport harakati qiyinlashishi mumkin. Zarur hollarda yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.