Toshkentda mast holda ikki ayolga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan erkak ustidan sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi qarorida aytiladi.
Voqea 29-sentyabr kuni soat 16:20 da Sergeli-2 mavzesidagi turar joy binosiga kiraverishda sodir bo‘lgan. 46 yoshli erkak mast holda ayol va uning singlisiga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan.
Sud majlisida erkak o‘z aybiga iqror bo‘lib, uyatsiz xatti-harakatlarni mast holatda sodir etganini aytib, o‘zini oqlashga urindi.
Fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Jinsiy tegajog‘lik) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, besh sutkaga qamoq jazosi tayinlandi.