Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
U yerda O‘zbekiston terma jamoasini Janubiy Koreya, Eron va Livan kutib turibdi. Quyida qur’aning to‘liq natijalari keltirilgan:
- A guruhi: Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya va Qirg‘iziston;
- B guruhi: Yaponiya, Qatar, BAA va Suriya;
- C guruhi: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Eron va Livan;
- D guruhi: Iroq, Avstraliya, Tailand va Xitoy.