2-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kunduzi 13-27°, janubda 27° gacha, sharqda 23° gacha bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘insiz bo‘ladi, kunduzgi harorat 18–20° atrofida. Tog‘li hududlarda 8–13°, ayrim joylarda yomg‘ir, baland tog‘larda qor yog‘adi.