Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishga og‘zaki rozilik bildirdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
52 yoshli mutaxassis 2026 yilgi jahon chempionatida jamoani boshqaradi. Tomonlar shartnoma shartlarini kelishib oldilar, hujjatlarning rasmiy imzolanishi 24-48 soat ichida kutilmoqda.
Fabio Kannavaro Italiyaning “Udineze” va “Benevento”, Saudiya Arabistonining “Al-Nasr”, Xitoyning “Guanchjou” va “Tyanszin” klublarida ishlagan, so‘nggi ish joyi Zagrebning “Dinamo” klubi bo‘lgan. Futbolchi sifatida Kannavaro 2006-yilda “Oltin to‘p” sohibiga aylangan. O‘sha yili Italiya terma jamoasi tarkibida u jahon chempioni bo‘ldi.