2-oktyabrdan O‘zbekiston havo hududi o‘zining noyob UZ kodiga ega bo‘ldi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaeronavigatsiya” markazi xabar bermoqda.

Toshkent xalqaro aeroportining amaldagi ICAO kodi — UTTT. Bugundan boshlab poytaxt havo bandargohi UZTT kodini oladi.

Shuningdek, 2-oktyabrdan boshlab butun respublika bo‘ylab balandlikning yagona o‘tish darajalari joriy etildi:

  • o‘tish joyi balandligi — 13 000 fut (taxminan 4 km);
  • o‘tish esheloni — FL150 (15 000 fut).

Endilikda O‘zbekiston havo hududi jahon aviatsiyasi xaritasida yanada aniq va taniqli o‘rin egallamoqda, o‘zgarishlar parvozlarni yanada xavfsiz, samarali va ekologik toza qilmoqda.