Ashraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Janubiy Afrika Respublikasidagi birinchi elchisi bo‘ldi. Bu haqda JAR prezidenti ma’muriyati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xo‘jayev mamlakat prezidenti Siril Ramaposga ishonch yorliqlarini topshirdi. Marosim Sefako Makgatoning prezident mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, Ashraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Qatardagi elchisi hisoblanadi.