O‘zgidromet sinoptiklari O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

3-5 oktyabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi. 3 oktyabrda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Ayrim tog‘li hududlarda kun davomida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 18-23 daraja issiq atrofida, janubda 25-27o issiqqacha bo‘ladi. Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha kunduzgi harorat 20-25 daraja issiq bo‘lgan quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 3-oktyabrda 20-22o, 4-oktyabrda kechasi 10-12o, kunduzi 23-25o, 5-oktyabrda kechasi 10-12o, kunduzi 21-23o bo‘ladi.