3-oktyabr kuni Toshkentning Sergeli tumanida elektr ta’minoti qisman uzildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, mutaxassislar elektr tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Shu munosabat bilan soat 18:00 gacha quyidagilar elektrsiz qoldirildi:

  • “Xonobod”, “Izzatli”, “Keng makon”, “Sultonobod” va “Nomdanak” mahallalari.