3-oktyabr kuni Toshkentning Yangihayot tumanida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- “Olchazor” mahallasi aholisi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston elektr tarmoqlarini qishga tayyorlash 5-oktyabr kuniyoq va’da qilingan edi.