AQSH prezidenti ma’muriyati 2026-yil uchun yangi qochqinlarni qabul qilishning rekord darajadagi past chegarasini — 7,5 ming kishini belgilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Joylarning katta qismi JARning oq tanli aholisi va “adolatsiz kamsitish”ga duchor bo‘lgan boshqa guruhlar uchun ajratiladi.

7,5 minglik chegara 2024-yilda AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyati tomonidan belgilangan 125 minglik chegaradan ancha past. Bundan tashqari, bu Trampning o‘zi birinchi prezidentlik muddati oxirida belgilagan me’yordan ikki baravar kam.

Limit bo‘yicha yakuniy qaror ma’muriyatning Kongress bilan maslahatlashuvlaridan so‘ng qabul qilinadi. Yangi moliya yilida AQSH qonun chiqaruvchilar hukumatning keyingi moliyalashtirishini kelishib olmaguncha qochqinlarni qabul qilmaydi.