6-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati kunduzi 17-25 daraja, janubda 25 darajagacha, shimolda 20 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 22-24° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 15-20°, yog‘ingarchilik kutilmaydi.