2025-yil oktyabr oyidan boshlab O‘zbekistonda pensiyalarni biometrik identifikatsiyadan foydalangan holda va elektron imzo to‘plash orqali naqd pulda berish boshlandi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar bermoqda.
Jamg‘armaning ta’kidlashicha, tizim fuqarolarga pensiyalarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.
Endilikda Xalq banki hisobotida to‘lovlar amalga oshirilgan deb qayd etilib, aslida mablag‘lar oluvchiga yetib bormagan yoki begona shaxslarga o‘tkazilgan holatlar istisno qilinadi, — deyiladi xabarda.