6-oktyabr kuni O‘zbekistonda zilzila sezildi. Zilzila epimarkazi Qirg‘iziston hududida bo‘lgan.

Magnitudasi 5,7 ballni, epitsentrdagi silkinishlar 7 ballni tashkil etdi.

Oʻzbekistondagi yer silkinishlarining kuchi:

  • Namangan viloyatida 3-4 ball, 106 km.
  • Andijon viloyatida 3 ball, 144 km.
  • Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 176 km.
  • Toshkent: 2-3 ball, 199 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2 ball, 275 km.

Zilzila episentri Toshkentdan 199 km shimoli-sharqda.