Shavkat Mirziyoyev 6-oktyabr kuni marhum taniqli davlat va jamoat arbobi Ismoil Jo‘rabekov xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari marhumning oila a’zolari va yaqinlari bilan Qur’on tilovat qilib, duolar qildi, siymoning Vatan oldidagi ezgu ishlari va xizmatlarini yodga oldi. Shavkat Mirziyoyev marhumning farzandlari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi.
Ismoil Jo‘rabekovning yaqinlari ko‘rsatilgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlov so‘zlari uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi. Sobiq bosh vazir o‘rinbosari, vazir va prezident maslahatchisi 28-sentyabr kuni 94 yoshida vafot etdi.