Shavkat Mirziyoyev 6-oktyabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi. “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusida o‘tkazilayotgan uchrashuv kun tartibidan ustuvor sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.

Sammit yakunida Tashkilot mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinadi.