6 -oktyabr kuni tijorat banklarida dollarning sotib olish kursi 11 698–12 010 so‘mni, sotish kursi esa 12 060–12 422 so‘mni tashkil etmoqda.

Bank.uz ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy valyutalarning yangi qiymatini quyidagi banklar belgilagan:

  • AVO: sotib olish — 11 698, sotish — 12 422;
  • Ipoteka bank, Invest Finance bank: sotib olish — 11 965, sotish — 12 120;
  • Orient finans bank, Trast bank, Mikrokreditbank: sotib olish — 11 970 so‘m, sotish — 12 120 so‘m.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12 060,48 so‘mni tashkil qilmoqda. Shu kuni soat 16:00 da regulyator kotirovkalarni yangilaydi.