6-oktyabrga o‘tar kechasi Moskvadan uchgan samolyot zilzila tufayli birinchi marta Toshkentga qo‘na olmadi. Bu haqda “Новости Ташкентского Неба” Telegram kanali xabar bermoqda.
Aeroflot aviakompaniyasi samolyoti Toshkentdagi zilzila tufayli xalqaro aeroportga qo‘nish chog‘ida ikkinchi davraga chiqib ketishga majbur bo‘ldi.
Aviaspotter Telegram kanalining xabar berishicha, zilzila oqibatida MyFreighter yuk tashish operatorining Boeing 767 samolyoti kutish zonasiga borib qo‘ngan.
Yer osti silkinishlari reyslardan biriga ham biroz ta’sir ko‘rsatgan. Shunday qilib, Uzbekistan Airways texnik sabablarga ko‘ra Toshkent—Kuala-Lumpur—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY553/HY554 reyslari kechikish bilan, o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshirilishini ma’lum qildi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish 01:45 (6 oktyabr), Kuala-Lumpurga yetib borish 12:00 (6 oktyabr);
- Kuala-Lumpurdan jo‘nab ketish 13:20 da (6 oktyabr), Toshkentga yetib kelish 18:20 da (6 oktyabr).