7-oktyabr kuni Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Zilzila epimarkazi Tojikiston bilan chegara yaqinidagi Toxar viloyatidagi tog‘li hududga to‘g‘ri keldi. Zilzila magnitudasi 5,2 ballni, chuqurligi 30 kilometrni tashkil etgan.
Zilzila O‘zbekiston janubi, Surxondaryo viloyatiga ham yetib borgan. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila oqibatlarsiz o‘tgan, jabrlanganlar yo‘q.
O‘zbekiston hududida tebranish kuchi:
- Sho‘rchi tumani – 2 ball (epitsentrdan 192 km uzoqlikda)
- Uzun tumani – 2 ball (199 km)
- Denov tumani – 2 ball (204 km)
- Qumqo‘rg‘on tumani – 2 ball (211 km)
- Sariosiyo tumani – 2 ball (211 km)
- Oltinsoy tumani – 2 ball (212 km)
6-oktyabr kuni tungi zilzila Toshkent aholisini uyg‘otib yubordi. O‘shanda poytaxtga Qirg‘izistondan uch balli zilzila yetib kelgan. Zilzila tufayli Moskva—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha SU-1870 reysini amalga oshirayotgan Aeroflot samolyoti qo‘nish vaqtida dispetcher ko‘rsatmasi bilan ikkinchi aylanishga chiqib ketgan.