Andijon viloyatida Jalaquduqlik fuqaro uyida 240 ming quti prezervativ saqlagani uchun jazolandi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari mahsulotning qiymatini 460 million so‘mga baholagan va erkakni qo‘lga olgan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari yoxud tibbiy buyumlarni juda ko‘p miqdorda muomalaga kiritish) bilan ayblov e’lon qilingan.
Erkakda hujjatlar, muvofiqlik sertifikatlari, mahsulotlarning gigiyenik ekspertizasidan o‘tganligi yo‘q edi, bu esa prezervativlarning kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilganligini ko‘rsatishi mumkin.
Erkakning o‘zi sudda prezervativlarni Farg‘ona vodiysidagi dorixonalardan sotib olganini, chunki narxlar oshishini kutganini va keyinchalik ularni qayta sotishni rejalashtirganini aytdi.
Sud unga to‘rt yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Olib qo‘yilgan prezervativlar yo‘q qilinadi.