Shavkat Mirziyoyev 4-oktyabr kuni “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatda ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi 2141 ta shtat birligini qisqartirish nazarda tutilgan. Shundan 1863 tasi byudjet birliklari, 278 tasi byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Eng ko‘p qisqartirishlar Soliq qo‘mitasi (486 birlik), Suv xo‘jaligi vazirligi (224 birlik), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (200 birlik) va Bandlik vazirligida (163 birlik) kutilmoqda.

Shuningdek, qo‘mita, agentlik va inspeksiyalardagi 16 ta o‘rinbosar lavozimi qisqartiriladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi kasaba uyushmalari bilan birgalikda ishdan bo‘shatilgan xodimlarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish choralarini ko‘radi.

Ijro hokimiyati organlari xodimlari soni 46 989 nafarga qisqartiriladi.