O‘zbekiston hukumati aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.

Aholini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha bo‘lib o‘tadi. Aholini ro‘yxatga olishning umumiy davomiyligi 45 kun bo‘lib, jarayon onlayn tarzda hamda mahalla vakillarining maxsus planshetlar yordamida shaxsan o‘zlari ishtirokida o‘tkaziladi.

Barcha o‘zbekistonliklar ham ro‘yxatga olinmaydi, xorijda bir yildan ortiq yashagan fuqarolar, shuningdek, 15-yanvardan keyin tug‘ilgan bolalar ro‘yxatga olinmaydi.

Har bir respondent o‘zining doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha hisobga olinadi, bunda fuqaro tunash va dam olish vaqtining ko‘p qismini o‘tkazadigan har qanday bino, ham turar, ham noturar joy hisoblanadi.

Ro‘yxatga olish doirasida o‘zbekistonliklar dastlab 300 dan ortiq savol bo‘lsa-da, 71 ta savolga javob berishadi.