9-oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda o‘rtacha sharqiy shamol esishi mumkin. Respublika bo‘yicha harorat kunduzi 23-28°, kechasi 7-13° iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Harorat kechasi 10–12 daraja, kunduzi 24–26 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 16-21 daraja bo‘ladi.

Avvalroq sinoptik Erkin Abdulahatov O‘zbekistonda joriy kuz quruq va iliq kechayotgani, bu esa qishgacha tuproqdagi namlik zaxirasiga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlagandi. Bu mamlakat qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.