9-oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil va HAMAS mojarosi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
O‘zbekiston AQSH prezidenti ko‘magida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishilganini olqishlaydi.
Misrning, Qatarning va Turkiyaning muvofiqlashtirilgan faoliyatini yuqori baholaymiz. Ular ushbu muhim jarayonda salmoqli rol o‘ynadilar. Bu jarayon zo‘ravonlikka tezroq chek qo‘yish, gumanitar inqirozni yengillashtirish va siyosiy muloqotni qayta boshlash uchun zamin yaratadi, — TIV.
Respublika doimo xalqaro huquq normalari va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga asoslangan Yaqin Sharqdagi mustahkam va adolatli tinchlik tarafdoridir.
Biz ishonch hosil qilamizki, o‘t ochishni to‘xtatish vaqtinchalik chora bo‘lib qolmasdan, balki tomonlar o‘rtasida xavfsizlik, barqaror hamkorlik va o‘zaro ishonchni qayta tiklashni kafolatlaydigan uzoq muddatli siyosiy yechim sari tashlangan qadam bo‘lishi lozim, — TIV.
Shuningdek, O‘zbekiston Yaqin Sharq mintaqasida tinchlik, barqarorlik va gumanitar yengilliklarga erishishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarga bundan buyon ham amaliy ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqlaydi.