Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Emomali Rahmonning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga keldi.
Prezident tantanali ravishda qizil yo‘lak va faxriy qorovul bilan kutib olindi. Uch nafar bola prezidentga oq gullar guldastasini taqdim etdi. O‘zbekiston delegatsiyasini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda qabul qildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo—Rossiya formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.