8-oktyabr kuni Afg‘oniston Islom Amirligi hukumati ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga cheklovlar kiritilganini tasdiqladi.

“Tolibon”ning ma’lum qilishicha, “filtrlash” ostiga Facebook, Instagram va X tushgan. Foydalanuvchilar Snapchat`ga kirish bilan bog‘liq muammolar haqida ham xabar berishmoqda, biroq ijtimoiy tarmoqlar VPN mavjud bo‘lganda ishlaydi.

Hozircha cheklovlar faqat yirik internet provayderlari tomonidan kiritilgan. Ehtimol, shu tariqa “Tolibon” internet orqali buzuqlik va boshqa harom narsalar tarqalishiga qarshi kurash kampaniyasini boshlashga qaror qilgan.

Sentabr oyi oxirida toliblar butun mamlakat bo‘ylab mobil va optik tolali internetni o‘chirib, deyarli to‘liq internetni o‘chirib qo‘ydi. Dastlab toliblar O‘zbekiston bilan chegaradosh shimoliy Balx viloyatida “haromga qarshi urush” boshladi. Cheklovlar bir zumda bank sohasi va bojxona ishida muammolarni keltirib chiqardi.

Biroq, tez orada toliblar butunlay taqiq qo‘ygani haqidagi da’volarni rad etib, uzilishlar “eskirgan va almashtirilishi kerak bo‘lgan optik tolali kabellar” bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

1-oktyabrga o‘tar kechasi butun mamlakat bo‘ylab internet o‘chirildi, biroq ikki kundan keyin ulanish qayta tiklandi.