9-oktyabr kuni Toshkent hayvonot bog‘i matbuot xizmati navbatdagi qoidabuzarlik holati haqida xabar berdi.
Yoshi katta erkakning tashabbusi bilan bir guruh mehmonlar bolalari bilan birgalikda baland devor osha soyabon orqali oq yo‘lbars Fufunyuga tosh otishardi. Xayriyatki, jonivorga zarar yetmagan.
Bunday harakatlar qoidalarni qo‘pol ravishda buzish bo‘lib, hayvonlar uchun ham, odamlarning o‘zlari uchun ham xavflidir. Qoidalarni buzganlarning barchasi zudlik bilan hududdan chiqarib yuboriladi. Toshkent hayvonot bog‘i tirik mavjudotlarga hurmat, g‘amxo‘rlik va mehr-muhabbat maskanidir. Keling, ularni birgalikda asraylik, — deyiladi xabarda.
Bunday harakatlarga guvoh bo‘lgan tashrif buyuruvchilar shafqatsiz munosabatning o‘z vaqtida oldini olish uchun hayvonot bog‘i xodimlariga yoki ma’muriyatiga murojaat qilishi mumkin.
Sentyabr oyining oxirida hayvonot bog‘iga tashrif buyurganlardan biri em-u qushini gazeta parchasi bilan boqdi. Erkak bu tanbehga e’tibor bermadi, qush uchun veterinarlar mehnati tufayli hammasi yaxshi bo‘ldi.