Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yevro, funt sterling va yapon iyenasi narxi tushib ketgan. 13-oktyabr kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari — 12 140,91 so‘m;
  • Yevro — 14 053,10 so‘m;
  • Rossiya rubli — 149,41 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank 10-oktyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 606 770 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm — 8 034 000 so‘m;
  • 10 gramm — 16 068 000 so‘m;
  • 20 gramm — 32 135 000 so‘m;
  • 50 gramm — 80 338 000 so‘m;
  • 100 gramm — 160 677 000 so‘m.