AQSH 1-noyabrdan yoki undan oldinroq Xitoyga nisbatan bojxona to‘lovlari miqdorini 100 foizga oshiradi va eksport nazorati choralarini joriy etadi. Bu haqda AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu Xitoyning “deyarli barcha ishlab chiqargan mahsulotlariga eksport nazorati choralarini joriy etadigan” “o‘ta tajovuzkor pozitsiyasiga” javobdir. Oq uy rahbarining fikricha, bu “bir necha yil oldin ishlab chiqilgan rejaning” bir qismidir.
Shu munosabat bilan AQSH 1-noyabrdan yoki undan oldinroq, Pekinning harakatlariga qarab, Xitoyga nisbatan amaldagi har qanday bojlarni 100 foizga oshiradi, shuningdek, barcha muhim dasturiy ta’minotga eksport nazorati choralarini joriy etadi.