Butun ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat eng chekka shimoliy hududlarda 14-oktyabrda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Harorat kechasi 10-13°, ba’zi joylarda 15° gacha, kunduzi 25-28°, janubda 30-33° gacha bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlimiy me’yordan yuqori. Shimolda va cho‘l hududlarda 13-14 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqiy shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi asosan 10-13° atrofida, kunduzi 25-28° atrofida bo‘ladi.