O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda 16 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hamyurtlarimiz beshta oltin, uchta kumush va sakkizta bronza medali bilan taqdirlandi.

Ushbu natija evaziga O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.