Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy yuanidan tashqari deyarli barcha kotirovkalar qimmatlashgan. 13-oktyabr kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:

  • AQSH dollari – 12 149,55 so‘m;
  • Yevro – 14 087,40 so‘m;
  • Rossiya rubli – 150,44 so‘m.

Shuningdek, Markaziy bank 10-oktyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 620 680 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm – 8 103 000 so‘m;
  • 10 gramm – 16 207 000 so‘m;
  • 20 gramm – 32 414 000 so‘m;
  • 50 gramm – 81 034 000 so‘m;
  • 100 gramm – 162 068 000 so‘m.