13 oktyabrda O‘zbekistonning qator hududlarida chang-to‘zonlar kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Sinoptiklarning xabar berishicha, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan hududlardagi fuqarolar va mehmonlardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan. Ochiq havoda bo‘lishni cheklash va ko‘chaga chiqayotganda niqob taqish tavsiya etiladi.