O‘zbekistonda litsenziyada ko‘zda tutilmagan xizmatlarni ko‘rsatayotgan xususiy tibbiyot muassasalari topildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar bermoqda.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, mas’ul mutaxassislar tomonidan mamlakat bo‘ylab 7,3 mingta tibbiyot tashkiloti tekshirilgan. Qoidabuzarliklar Samarqand viloyatidagi AFX Dardga Shifo, Surxondaryo viloyatidagi Nigora plus charos med va Sherobod shifo maskani, Toshkent viloyatidagi Murod yorqin najot, Shirchiq zinnura stom, Tursunoy faxr stom va Buloqboshi healthcare clinic, Farg‘ona viloyatidagi Zaylobiddin shifo nur va U-Shifo markazida aniqlangan.

Tekshiruvlar qonuniy klinikalar faoliyatida ham ko‘plab qoidabuzarliklar mavjudligini ko‘rsatdi. 2 mingdan ortiq tashkilot ro‘yxatdan o‘tmagan manzillarda ishlagan, 4,5 mingga yaqin muassasa bemorlarga xizmatlar narxi to‘g‘risida ma’lumot bermagan.

3,4 mingdan ortiq tibbiyot muassasasi rasmiylashtirilmagan tashqi reklamadan foydalangan, 1,5 mingga yaqin klinikalar davlat tilidagi xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni takrorlamagan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga taqdim etildi.