Ijtimoiy tarmoqlarda metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritilayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. “Hududgazta’minot” holatga izoh berdi.

Kompaniya tarqatilgan xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qildi. Sovuqqa tayyorgarlik doirasida gaz ta’minoti tizimidagi ayrim stansiyalarda texnik profilaktika ishlari olib borildi. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan davrda gaz bosimining pasayishi sababli ayrim metan zapravkalarda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Hozir butun mamlakat bo‘ylab metan zapravkalar belgilangan tartibda ishlamoqda. Ularga tabiiy gaz gaz ta’minoti korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida yetkazib beriladi.